Sotuv menejeri | AUTOVAN avtosaloni
AUTOVAN jamoasiga Namangan shahridagi avtosalonimiz uchun faol va natijaga yo‘naltirilgan Sotuv menejeri qidirmoqdamiz.
Vazifalar:
-
Avtosalonga murojaat qilgan mijozlarga avtomobillar bo‘yicha konsultatsiya berish;
-
Mijoz ehtiyojini aniqlash va mos avtomobilni taklif qilish;
-
Avtomobillarni professional tarzda taqdimot qilish;
-
Mijozlar bilan muzokaralar olib borish va savdoni yakunlash;
-
Yangi mijozlarni jalb qilish va mavjud mijozlar bilan aloqani davom ettirish;
-
CRM tizimida mijozlar bilan ishlash va ma’lumotlarni o‘z vaqtida kiritish;
-
Belgilangan savdo rejasi va KPI ko‘rsatkichlarini bajarish.
Talablar:
-
Savdo va mijozlar bilan ishlashga qiziqish;
-
Savdo sohasidagi tajriba ustunlik beradi;
-
O‘zbek tilida ravon muloqot qila olish;
-
Rus tilini bilish ustunlik hisoblanadi;
-
Kompyuter va CRM tizimlari bilan ishlash ko‘nikmasi;
-
Avtomobil sohasiga qiziqish;
-
Faollik, mas’uliyat va natijaga yo‘naltirilganlik.
Biz taklif qilamiz:
-
Oylik: 4 000 000 so‘m fiks + KPI bonus;
-
Sotuv natijasiga qarab daromadni oshirish imkoniyati;
-
Professional jamoa va rivojlanish imkoniyati;
-
Avtomobil savdosi bo‘yicha amaliy tajriba;
-
Barqaror ish joyi.
📍 Ish joyi: Namangan, Xalqlar Do’stligi MFY, To’qimachilar ko’chasi 25 uy — AUTOVAN avtosaloni.
Agar siz savdoni yaxshi ko‘rsangiz, mijozlar bilan tez til topisha olsangiz va natijaga ishlashga tayyor bo‘lsangiz — rezyumengizni yuboring.