PARTICUM ENTERPRISE

Sotuv Menejeri

5 000 000 - 8 000 000 UZS
  • Ташкент
  • От 1 года до 3 лет
  • B2B Продажи

Sotuv menejeri

Kompaniya: ERP tizimlarini ishlab chiqish va bizneslarga joriy etish bilan shug‘ullanuvchi IT kompaniya.

Biz kimmiz?

Biz bizneslar uchun ERP + CRM + HR + Analitika tizimlarini birlashtirgan zamonaviy SaaS platforma ishlab chiqamiz.

Hozir jamoamizga faol, muloqotga kirisha oladigan va sotuv sohasida rivojlanishni xohlaydigan Sotuv menejeri qidirmoqdamiz.

Vazifalar:

  • Yangi mijozlarni izlash va ular bilan bog‘lanish;
  • Biznes egalariga ERP tizim imkoniyatlarini tushuntirish;
  • Mijozning biznes jarayonlarini tushunish va unga mos yechim taklif qilish;
  • Telefon orqali muzokaralar olib borish;
  • Uchrashuv va prezentatsiyalar tashkil qilish;
  • Mijoz savollariga javob berish;
  • CRM tizimida mijozlar bilan ishlash va ma’lumotlarni yuritish;
  • Mijozni qiziqishdan sotuvgacha olib borish;
  • Sotuv rejasini bajarish.

Biz nomzoddan nimani kutamiz:

  • O‘zbek tilida ravon gapira olish;
  • Rus tilini bilish — afzallik;
  • Odamlar bilan tez til topisha olish;
  • Faol va tashabbuskor bo‘lish;
  • Telefon orqali muloqot qilishdan qo‘rqmaslik;
  • Natijaga yo‘naltirilgan bo‘lish;
  • IT va biznesga qiziqish;
  • Tajriba bo‘lmasa ham, o‘rganishga tayyor nomzodlarni ko‘rib chiqamiz.

Biz nima taklif qilamiz:

  • Zamonaviy IT kompaniyada ishlash;
  • ERP va biznes avtomatlashtirish sohasini o‘rganish;
  • Sotuv bo‘yicha kuchli tajriba orttirish;
  • Tayyor skript va o‘qitish;
  • KPI + bonus tizimi;
  • Karyera o‘sishi;
  • Yosh va faol jamoa;
  • Professional rivojlanish imkoniyati.

Muhim:

Bizga oddiygina "telefon qilib, mahsulot sotadigan sotuvchi" emas, balki mijozga biznesidagi muammoni tushunishga va unga to‘g‘ri yechim topishga yordam beradigan maslahatchi kerak.

Agar siz odamlar bilan muloqot qilishni yoqtirsangiz, ko‘p narsani o‘rganishga tayyor bo‘lsangiz va yuqori daromadga intilsangiz — bizning jamoaga qo‘shiling.

Ish turi: To‘liq stavka
Ish joyi: Toshkent
Tajriba: 1 yilgacha / tajribasiz nomzodlar ham ko‘rib chiqiladi

Ish vaqti: 09:30 dan 18:30 gacha