Vazifalar (Majburiyatlar):
-
Universitet miqyosidagi barcha turdagi tadbirlarni (konferensiyalar, ochiq eshiklar kunlari, bayramlar, madaniy kechalar, master-klasslar va talabalar festivallari) noldan boshlab rejalashtirish va tashkil etish;
-
Tadbirlarning ssenariysi, dasturi va konsepsiyasini ishlab chiqish;
-
Tadbirlar smetasini tuzish va xarajatlarni nazorat qilish;
-
Pudratchilar va hamkorlar (boshlovchilar, texnik mutaxassislar, dekoratorlar, fotograflar va musiqachilar) bilan muzokaralar olib borish va ishni muvofiqlashtirish;
-
Marketing, PR va boshqa tarkibiy bo'linmalar (fakultetlar) bilan birgalikda ishlash;
-
O'tkazilgan tadbirlar natijalari bo'yicha hisobotlar va tahlillarni tayyorlash.
Nomzodga qo'yiladigan talablar:
-
Event-menejment yoki ommaviy tadbirlarni tashkil etish sohasida kamida 1-2 yillik amaliy tajriba;
-
O'zbek yoki rus tilini mukammal bilish (ingliz tilini bilish ustunlik beradi);
-
Yuqori darajadagi kommunikatsiya, kreativ yondashuv va tashkilotchilik qobiliyatlari;
-
Bir vaqtning o'zida bir nechta vazifalarni bajara olish (multitasking) va stressga chidamlilik;
-
Kutilmagan vaziyatlarda tezkor va to'g'ri qaror qabul qila olish;
-
Jamoada ishlash ko'nikmasi va liderlik xislatlari.
Biz taklif qilamiz (Sharoitlar):
-
O'zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksiga asosan rasmiy ishga joylashish;
-
O'z vaqtida to'lanadigan va raqobatbardosh oylik maosh (nomzodning tajribasiga qarab suhbat asosida belgilanadi);
-
Kasbiy o'sish, o'z g'oyalarini amalga oshirish va rivojlanish uchun keng imkoniyatlar;
-
Ahil, zamonaviy va do'stona jamoada ishlash;
-
Qulay ofis va ishlash uchun barcha zarur texnik jihozlar;
-
Ish vaqti: 6/1 (dushanbadan shanbagacha).