CHEMPLANT

Региональный менеджер по продажам/Hududiy savdo menejeri

Не указана
  • Фергана
  • От 3 до 6 лет
  • B2B Продажи
  • Управление продажами
  • Развитие продаж
  • Планирование продаж
  • Аналитика продаж
  • Навыки переговоров
  • Поиск и привлечение клиентов

REGIONAL SALES MANAGER | MAFF

MAFF — bo‘yoq ishlab chiqarish va sotish yo‘nalishida faoliyat yurituvchi, rivojlanayotgan kompaniya.

Biz Toshkent shahri, Toshkent viloyati va Farg‘ona vodiysi hududlarida savdo va distribyutsiyani boshqaradigan, biznesni yangi bosqichga olib chiqishga qodir Regional Sales Manager izlayapmiz.

Bu pozitsiya — faqat savdo rejasini bajarish emas. Hudud strategiyasi, distribyutsiya, dilerlik tarmog‘i, jamoa va asosiy biznes ko‘rsatkichlari uchun to‘liq javobgarlik.

Asosiy vazifalar

  • Toshkent shahri, Toshkent viloyati va Farg‘ona vodiysi bo‘yicha savdo va distribyutsiya strategiyasini ishlab chiqish va amalga oshirish.

  • Hudud bo‘yicha yillik, choraklik va oylik savdo rejalarini shakllantirish, bajarilishini ta’minlash va asosiy KPIlarni boshqarish.

  • Mavjud dilerlar bilan biznesni rivojlantirish, yangi dilerlarni jalb qilish, muzokaralar olib borish va uzoq muddatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish.

  • Hududning savdo hajmi, distributsiya, SKU qamrovi, bozor ulushi va rentabelligini muntazam tahlil qilish va o‘sish nuqtalarini aniqlash.

  • Supervayzerlar va savdo vakillaridan iborat jamoani boshqarish: KPIlarni belgilash, natijalarni nazorat qilish, xodimlarni rivojlantirish va jamoa samaradorligini oshirish.

  • Mijozlar va dilerlar bilan ishlashda debitor qarzdorlikni nazorat qilish hamda moliyaviy intizomni ta’minlash.

  • Bozor, raqobatchilar, mijozlar ehtiyojlari va savdo dinamikasini tahlil qilib, rahbariyat uchun prognoz va boshqaruv qarorlarini tayyorlash.

Biz kutayotgan nomzod

  • Distribyutsiya kompaniyalarida kamida 3 yil savdo tajribasi.

  • Kamida 2 yil jamoani boshqarish tajribasi.

  • Savdo jamoasini boshqarish, KPIlar bilan ishlash va natijaga yo‘naltirilgan boshqaruv tajribasi.

  • Tahliliy fikrlash, bozor va raqobat muhitini chuqur tahlil qilish qobiliyati.

  • Kuchli liderlik, muzokara va kommunikatsiya ko‘nikmalari.

  • Dilerlar va yirik mijozlar bilan munosabatlarni rivojlantirish va biznesni o‘stirish qobiliyati.

  • Xodimlarni o‘qitish, rivojlantirish, motivatsiya qilish va jamoa samaradorligini oshirish ko‘nikmasi.

  • Savdo jarayonlarini boshqarish, tashrif standartlari va DSPM tamoyillarini tushunish.

  • MS Office dasturlaridan ishonchli foydalanish va hisobotlar bilan ishlash ko‘nikmasi.

  • O‘zbek va rus tillarini yaxshi bilish.

MAFF’da sizni nima kutmoqda?

Biz RSM’dan tayyor tizimni shunchaki boshqarishni emas, hududdagi biznesni rivojlantirish, jamoani kuchaytirish va savdo natijalarini yangi darajaga olib chiqishni kutamiz.

Agar siz o‘zingizni kuchli savdo lideri deb hisoblasangiz va Toshkentdan Farg‘ona vodiysigacha bo‘lgan yirik hududdagi natija uchun javobgarlikni olishga tayyor bo‘lsangiz — MAFF sizni kutmoqda.