CHEMPLANT

Территориальный менеджер по продажам (TSM/Супервайзер)

Не указана
  • Нукус
  • От 1 года до 3 лет
  • Деловое общение
  • Управление командой
  • Организаторские навыки
  • Активные продажи
  • Навыки межличностного общения
  • Развитие продаж
  • Обучение и развитие
  • Проведение презентаций
  • Русский — C2 — В совершенстве
  • Узбекский — C2 — В совершенстве

TERRITORIAL MANAGER | MAFF

MAFF — bo‘yoq ishlab chiqarish va sotish bilan shug‘ullanuvchi kompaniya.

Biz biriktirilgan hududda savdo natijalari, jamoa faoliyati va distribyutsiya sifatini boshqaradigan Territorial Manager izlayapmiz.

Asosiy vazifalar

  • Biriktirilgan hudud bo‘yicha savdo rejalari va KPI ko‘rsatkichlarining bajarilishini ta’minlash, natijalarni muntazam tahlil qilish.

  • Savdo jamoasini boshqarish: vazifalarni taqsimlash, natijalarni nazorat qilish, xodimlarni rivojlantirish va motivatsiya qilish.

  • Hudud bo‘yicha AKB, OKB, SKU qamrovi, tashriflar soni va samaradorligi kabi asosiy ko‘rsatkichlarni boshqarish.

  • Savdo nuqtalarida 6 qadam, DSPM va merchandising standartlari bajarilishini nazorat qilish.

  • Hududdagi mahsulot mavjudligi, distribyutsiya, raqobatchilar faoliyati, narxlar va aksiyalarni monitoring qilish.

  • Mijozlarning debitor qarzdorligini nazorat qilish va muddati o‘tgan qarzdorliklarni kamaytirish bo‘yicha choralar ko‘rish.

  • Hudud bo‘yicha savdo natijalarini tahlil qilish, haftalik va oylik hisobotlarni tayyorlash hamda RSMga taqdim etish.

Nomzodga qo‘yiladigan talablar

  • Distribyutorlik yoki FMCG kompaniyalarida kamida 2 yil savdo tajribasi.

  • Savdo jamoasini boshqarish bo‘yicha kamida 1 yil tajriba.

  • KPIlar bilan ishlash va savdo natijalarini tahlil qilish ko‘nikmasi.

  • Kuchli yetakchilik va tashkilotchilik qobiliyati.

  • Savdo vakillarini o‘qitish va rivojlantirish ko‘nikmasi.

  • Merchandising va DSPM standartlarini tushunish.

  • O‘zbek va rus tillarini bilish, MS Office va CRM tizimlarida ishlash ko‘nikmasi.

Biz sizga taklif qilamiz

  • Rasmiy ishga joylashish va mehnat qonunchiligiga muvofiq barcha zarur shartlar.

  • Professional va do‘stona jamoada ishlash imkoniyati.

  • Lavozim va kompaniya ichida kasbiy o‘sish va rivojlanish imkoniyatlari.

  • Ish faoliyati bilan bog‘liq xizmat safarlari va komandirovka xarajatlarining qoplanishi.

  • Savdo va boshqaruv ko‘nikmalarini rivojlantirish uchun ichki trening va o‘qitish imkoniyatlari.

  • Barqaror kompaniyada uzoq muddatli hamkorlik va professional rivojlanish imkoniyati.

  • Natijaga yo‘naltirilgan, tashabbus va professional yondashuv qadrlanadigan ish muhiti.