Ingliz tili mentori
Marketing bo‘limi xodimlariga individual dars berish uchun ingliz tili mentorini izlaymiz. Asosiy maqsad — kundalik va ishga oid muloqot ko‘nikmalarini rivojlantirish, marketing hamda biznes terminlarini o‘rgatish.
Vazifalar:
- Xodimlarning darajasi va maqsadlariga mos individual o‘quv rejasini tuzish.
- So‘zlashish, yozish va tinglab tushunish ko‘nikmalarini rivojlantirish.
- Marketing va biznes terminlarini amaliy misollar orqali o‘rgatish.
- Darslarni qiziqarli va samarali tashkil etish.
- O‘zlashtirish natijalarini kuzatish va tavsiyalar berish.
Talablar:
- Ingliz tilini yuqori darajada bilish.
- IELTS 7.0 yoki undan yuqori natija.
- Individual dars berish tajribasi.
- Marketing va biznesga oid ingliz tilini o‘rgata olish.
- Har bir o‘quvchiga individual yondashish.
Sharoitlar:
- Ish joyi: Toshkent shahri, Index B3-3.
- Marketing bo‘limi xodimlari bilan ishlash.
- Dars jadvali o‘zaro kelishuv asosida.
- Ish haqi suhbat davomida kelishiladi.
Ariza topshirish:
HH orqali javob qoldiring yoki CV va o‘zingiz haqingizdagi qisqa ma’lumotni Telegram orqali
@mall2020_hr manziliga yuboring.