IT BUYUK ZAMON SARI

Менеджер по продажам / Sotuv menejeri

До 30 000 000 UZS
  • Ташкент
  • Нет опыта
  • Активные продажи
  • Консультативные продажи
  • Работа с CRM
  • Заключение договоров
  • Работа с базами данных
  • Узбекский — B1 — Средний

🚀 BUYUK ZAMON SOTUV MENEJERLARINI QIDIRMOQDA!

💰 Daromad: FIX + har bir sotuvdan 5% (taxminan 1 mln so'm) + bonus. Daromadga limit yo'q!

Masalan: oyiga 10 ta sotuv = FIX + ~10 mln so'm KPI.

📚 Nima sotasiz: «Biznes Universiteti» ta'lim kursi — biznesni noldan boshlash va rivojlantirish bo'yicha amaliy dastur. Siz odamlarga o'z biznesini qurishga yordam beradigan mahsulotni taklif qilasiz.

🎓 Tajriba shart emas — mahsulot va sotuv bo'yicha o'zimiz o'qitamiz.

🎯 Vazifalar:

- Mijozlar bilan telefon orqali gaplashish

- Mijozning maqsadi va ehtiyojini aniqlash

- Kursni to'g'ri taqdim etish, savol va e'tirozlarga javob berish

- Sotuvni yopish

- BITRIX24 tizimida ishlash

- Shaxsiy sotuv rejasini bajarish

🔎 Kimni qidiryapmiz: odamlar bilan bemalol gaplasha oladigan, faol, rad javobidan qo'rqmaydigan va ko'proq topishni xohlaydigan insonni.

📍 Shartlar:

- Grafik 6/1: 1-smena 10:00–19:00, 2-smena 12:00–21:00

- Rasmiy ishga olinadi (mehnat shartnomasi)

- O'sish va karyera imkoniyati, kuchli jamoa

- Ofis: Yunusobod, Bog'ishamol ko'chasi 260A, SAMPI savdo markazi

📲 Bog'lanish uchun: Telegram

📢 Biz haqimizda