PRO TRADING

Специалист по smartup | Ташкент

7 000 000 - 12 000 000 UZS
  • Ташкент
  • От 1 года до 3 лет

📢 VAKANSIYA: SMARTUP OPERATORI

PRO TRADING DISTRIBUTION kompaniyasi o‘z jamoasiga mas’uliyatli, tahliliy fikrlaydigan va Smartup dasturida ishlash tajribasiga ega mutaxassisni ishga taklif qiladi.

Asosiy lavozim majburiyatlari:

1. Zakazlarni boshqarish — ombordagi mavjud tovar qoldiqlarini tahlil qilish asosida zavodlarga buyurtmalarni shakllantirish va o‘z vaqtida berilishini ta’minlash.

2. Savdo nuqtalarini boshqarish — Smartup dasturi orqali yangi do‘konlarni tizimga kiritish va ochish jarayonlarini amalga oshirish.

3. Ish haqi hisob-kitobi — xodimlarning oylik ish haqlarini hisoblash va shakllantirish.

4. Davomat nazorati — savdo agentlarining kundalik ishga chiqish holatini nazorat qilish.

5. Faoliyat monitoringi — savdo agentlarining ish jarayoni va belgilangan vazifalar bajarilishini nazorat qilish.

6. Tashriflar nazorati — savdo agentlari tomonidan yuklangan do‘kon tashriflari fotosuratlarini tekshirish va ularning to‘g‘riligini nazorat qilish.

7. Debitor qarzdorlik nazorati — mijozlar qarzdorligini muntazam kuzatib borish, muddati o‘tgan qarzdorliklar bo‘yicha nazoratni amalga oshirish.

Nomzodga qo‘yiladigan talablar:

• Smartup dasturini yaxshi bilish — majburiy.

• MS Excel va boshqa ofis dasturlarida ishlash ko‘nikmasi.

• Hisob-kitob, tahlil va hisobot yuritish qobiliyati.

• Yuqori darajadagi mas’uliyat, diqqatlilik va tartiblilik.

• Ma’lumotlar bilan aniq va tizimli ishlash.

• Distribyutsiya sohasidagi tajriba

Biz taklif qilamiz:

• Barqaror ish o‘rni va munosib ish haqi.

• Professional jamoada ishlash imkoniyati.

• Kasbiy rivojlanish va o‘sish istiqbollari.

📍 Ish joyi: Toshkent shahri, olmazor tumani

PRO TRADING DISTRIBUTION

Professional jamoa. Tizimli boshqaruv. Yuqori natijalar.