MRIT-01

Operator (Call-markaz / Mijozlarni qo'llab-quvvatlash)

Не указана
  • Ташкент
  • Полная занятость
  • От 1 года до 3 лет

Trasso - O'zbekistonning barcha viloyatlari va Qoraqalpog'iston bo'ylab yuk tashish, posilka yetkazish va shaharlararo qatnovlarni bitta platformada birlashtirgan logistika xizmati. Mijozlar Trasso Client ilovasi orqali buyurtma beradi, haydovchilar esa Trasso Pro orqali buyurtma topadi va qatnovlarini boshqaradi.

Jamoamizga mijozlar va haydovchilar bilan ishlaydigan operator izlayapmiz.

Vazifalar:
- Kiruvchi qo'ng'iroqlarga javob berish va chat orqali mijozlarga maslahat berish
- Buyurtma, yetkazib berish va ilovadagi muammolarni hal qilishga yordam berish
- Yangi haydovchilarni platformaga jalb qilish: qo'ng'iroq qilish, Trasso Pro afzalliklarini tushuntirish, ro'yxatdan o'tishda yordam berish
- Murojaatlarni tizimda qayd etish va kerak bo'lsa mas'ul bo'limga yo'naltirish

Talablar:
- Call-markaz, support yoki mijozlar bilan ishlash bo'yicha kamida 2 yil tajriba
- O'zbek va rus tillarini erkin bilish
- Savodli yozish - chatda tez va aniq javob bera olish
- Kompyuterda ishonchli ishlash
- Xushmuomalalik, sabr va stressga chidamlilik
- Smenali grafikda ishlashga tayyorlik

Afzallik:
- Ingliz tilini bilish; logistika, taksi yoki yetkazib berish sohasida ishlagan tajriba.

Shartlar:
- Ofisda ishlash
- Grafik: 5/2, dam olish kunlari navbat bilan; ikki smena — 08:00–17:00 yoki 14:00– 23:00
- Maosh: suhbat natijasida kelishiladi
- Ish boshida o'qitish
- Tez rivojlanayotgan logistika platformasida ishlash imkoniyati

Rezyumeingizni hh.uz orqali yuboring, mos nomzodlar bilan Telegram orqali bog'lanamiz.